Elektron ilmiy jurnal

Journal
Banking
Market & Business

JBMB jurnal haqida
24+
Nashr etilgan jurnal
Jurnal haqida

JBMB jurnali

JBMB - jurnali har oyda yangi son e’lon qiladi hamda quyidagi sohalarda maqolalar qabul qilinadi:

Iqtisodiyot fanlari

Ilmiy jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirish agentligining 14.02.2024 / №224008 - sonli Guvohnomasiga ega.

Litsenziya reestri bo'yicha tartib raqami: C-5669483

Jurnalning ISSN (E) raqami: 3030-3605

Murojaat uchun:

Telegram: https://t.me/Abbos_Bekmurodov

E-mail: abbos85@umail.uz

So'nggi son

Oxirgi jurnal

JBMB Journal

Bank Bozor Biznes 24-son

0 ta maqola
Maqolalar yo'q
Oxirgi maqolalar

So'nggi nashrlar

Bank Bozor Biznes 23-son

SAVDO KORXONALARIDA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada savdo korxonalarida xarajatlar hisobini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda xarajatlar hisobining to'g'ri tashkil etilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqolada xarajatlar hisobining mavjud holati tahlil qilinib, uning asosiy kamchiliklari va muammoli tomonlari aniqlangan.

Bank Bozor Biznes 23-son

DON MAXSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA TAYYOR MAHSULOT ZAXIRALARINING (TMZ) HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida tayyor mahsulot zaxiralarining (TMZ) hisobini takomillashtirish masalalari ilmiy amaliy jihatdan o'rganilgan. Maqolada xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS), xususan IAS 2 "Zaxiralar" standarti talablari bilan O'zbekiston milliy buxgalteriya hisobi standartlari (BHMS №4) o'rtasidagi farqlar tahlil qilingan.

Bank Bozor Biznes 23-son

KORXONALARDA INVESTITSIYALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada korxonalarda investitsiyalar hisobini takomillashtirish masalalari kompleks ilmiy-amaliy nuqtai nazardan o'rganilgan. Investitsiyalarni tasniflashtirish, boshlang'ich tan olish, keyingi o'lchov usullari (adolat qiymati, kapital ishtirok usuli, amortizatsiyalashgan tannarx), qadrsizlanish testi hamda raqamli texnologiyalar asosida hisob tizimini yangilash istiqbollari ko'rib chiqilgan.

Investitsiyalar hisobi moliyaviy investitsiyalar uzoq muddatli investitsiyalar
Bank Bozor Biznes 23-son

AVIA XIZMATLARNI KO'RSATUVCHI KORXONALARDA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada avia xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalarda xarajatlar hisobini takomillashtirish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan o'rganilgan. Zamonaviy aviatsiya sanoatida xarajatlarni to'g'ri hisobga olish va boshqarish korxonalarning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta'minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Maqolada xarajatlar hisobining mavjud holati tahlil etilgan, an'anaviy usullarning kamchiliklari aniqlangan va yangi metodologik yondashuvlar taklif etilgan.

xarajatlarni boshqarish operatsion xarajatlar texnik xizmat ko'rsatish xarajatlari
Bank Bozor Biznes 22-son

INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA MOTIVATSIYON YONDASHUVLARNING AHAMIYATI.

Bank Bozor Biznes 23-son

GLOBAL IQTISODIY INTEGRATSIYA VA UNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Ushbu maqolada global iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, asosiy shakllari va rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Jahon savdo tashkiloti, xalqaro moliya institutlari va mintaqaviy integratsion birlashmalar faoliyati tahlil qilinib, ularning global iqtisodiy o‘sishga ta'siri baholangan. 2021-2024 yillar davomida jahon savdosi, xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va mintaqaviy savdo shartnomalarining miqdoriy ko‘rsatkichlari taqqoslama dinamik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda geosiyosiy keskinlik, protektsionizm kuchayishi va «friendshoring» tendensiyasining integratsiya jarayonlariga ta'siri ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning global iqtisodiy integratsiyaga qo‘shilish imkoniyatlari va strategik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Maqola topshirmoqchimisiz?

JBMB jurnalida nashr etish uchun maqola talablari bilan tanishing yoki biz bilan bog'laning