"
Bosh sahifa Maqolalar O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI SAVDO INFRATUZILMA...
Bank Bozor Biznes 23-son

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI SAVDO INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mualliflar

Qurbanova Rahima Jamshedovna Alimamatova Muslima Akmalovna

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli savdo infratuzilmasining rivojlanish holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida elektron tijorat bozorining rivojlanish tendensiyalari, logistika tizimlari, elektron to‘lov vositalari, internet qamrovi hamda raqamli xizmatlar infratuzilmasining savdo faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, raqamli savdo infratuzilmasini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, jumladan
logistika xarajatlarining yuqoriligi, hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovut va raqamli savodxonlik darajasining yetarli emasligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda elektron tijoratning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zamonaviy
logistika markazlarini tashkil etish, elektron to‘lov tizimlarini takomillashtirish va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar

raqamli iqtisodiyot elektron tijorat raqamli savdo logistika elektron to‘lovlar internet infratuzilmasi marketplace raqamlashtirish onlayn savdo innovatsiyalar.

Yuklab olish

PDF yuklab olish

Maqola ma'lumotlari

Nashr sanasi
06.04.2026
Sahifalar
53-58
Orqaga qaytish