Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasining o’ziga xos xususiyatlari, unda kichik biznesning o’rni va ahamiyati muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, aynan xizmat ko’rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish yo’llari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola xalqaro moliyaviy institutlarning (XMI) kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari, samaradorligi va ta’sirini tahlil qiladi. Tezisda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda XMIlarning roli, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda kapital taqchilligini bartaraf etishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Loyiha moliyalashtirishning nazariy asoslari, XMI kredit liniyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning loyihalarga ta’siri tanqidiy baholangan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llashning ahamiyati tahlil qilinadi. Asosan, ma'lumotlarni tahlil qilish, sun'iy intellekt, blockchain, IoT va 5G texnologiyalarining iqtisodiyotga ta'siri va ularni turli sohalarda qo'llash imkoniyatlari muhokama qilinadi. Innovatsiyalar biznes jarayonlarini optimallashtirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish, marketing va mijozlarga xizmat ko'rsatish kabi sohalarda samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, texnologiyalarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar, jumladan xavfsizlik, maxfiylik, raqobat va resurslar yetishmovchiligi ham o'rganiladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologiyalar va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun texnik infratuzilma, malakali kadrlar tayyorlash va investitsiyalar muhim omillar sifatida ko'rsatiladi.
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasining o’ziga xos xususiyatlari, unda kichik biznesning o’rni va uning o’ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, xizmat ko’rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasining o’ziga xos xususiyatlari, unda inson resurslarini o’rni va ahamiyati muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, aynan xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda inson resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.